Talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

Saqlash
19:02 / 09.09.2022 653 0

AOKAda 8-sentabr kuni Talabalarni turar-joy bilan taʼminlash, ijara va toʻlov-kontrakt masalalari yuzasidan oʻtkazilgan matbmuot anjmunida Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti ustida ish olib borilayotganini maʼulm qildi.

 

Vazir oʻzining vakolatidan kelib chiqib, agar universitetlar zimmasiga olsa, shartnoma talab qilmasdan ijara subsidiyalari pullarini ularning plastik kartalariga oʻtkazib berilishi haqida gapirdi.

 

“Ijara qimmatlashdi, buni tan olish kerak. Shularning hisobga olib muhtaram prezidentimiz aholi endi oʻylab koʻrayotgan boʻlsa, komfort hayotdan chiqishni xohlamayotgan boʻlsa, davlat fuqarolarni himoya qiladi deb ijara tizimi joriy qildi. Menga berilgan vakolat nuqtayi nazardan hurmatli talabalarimizga, ularning ota-onalariga aytmoqchiman, rahbariyat shunaqa topshiriq berdiki, endigi bosqichda agar universitetlar zimmasiga olsa, shartnomani ham talab [qilmaymiz]. Hozir loyiha ustida ishlanyapti, faqat ozgina toqatsizlik sindromini sezyapmiz. Ishlanyaptiki, umuman shartnoma talab [qilinmaydi], [bu] qanday boʻladi? Auditoriyada bir guruhda 25 nafar talaba boʻladigan boʻlsa, oʻzlari qaror qiladi. Aytaylik, mana bizda 10 nafar ijaraga turadigan kursdoshlarimiz bor. Shundan 60 foiziga — 6 nafariga subsidiya berilsin deb guruh qaror qilsin. Bir-biring sharoitini biladi-ku, uning rang-roʻyi, kiygan kiyimi — hammasi qanday oilaga mansubligini koʻrsatib turadi-ku? Oʻzlari qaror qiladida uni fakultetga beradi, fakultet ilmiy kengashga chiqaradida, kengash qarori bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qonunchilikda qanday boʻlsa, 9−10 oy plastigiga Toshkent shahrida 300 ming tushib turadi. Bu ijaraga turgan pulining yarmini qoplaydi. Biz ham bilamiz, bugun ijara bir kishiga 600 ming soʻmdan kam emas. Yarmini davlat subsidiya qilib qoplab beradigan boʻlyapti. Viloyatlarda esa 150 ming soʻm” — dedi Abduqodir Toshqulov.

 

Shuningdek, u “Soliq uz” platformasi haqida gapirib, shartnomani soliq toʻlamasdan onlayn qilish mumkinligini aytdi. Talabalarning hujjat va platforma bilan ishlashni oʻrganish kerakligini taʼkidladi.

 

“Hozir „Soliq uz“ platformasi orqali shartnomani onlayn qilish mumikin, soliq toʻlanmaydi. Vazir sifatida aytyapman, hujjat bilan, platforma bilan ishlashga talabalarimiz oʻrgansin. Bu shartnoma unga faqat ijtimoiy dvident beradi. Kerak boʻlsa, uyiga talabani ijaraga qoʻygan xonadonlarga nimadir imtiyoz berishni taklif qilyapmiz”, — dedi vazir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//