Jamiyat
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Gulistondagi portlash bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Ma’lum qilinishicha, hukumat komissiyasi hodisa sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
2-dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Uz Bek Family” korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yong‘in yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.
FVV xabariga ko‘ra, jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi ish olib boradi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q