“Oʻzbek tili” darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi

Saqlash
22:11 / 08.09.2022 1558 0

Oʻzbekistondagi 7-sinf “Oʻzbek tili” darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqida maʼlumot va mashq nima sababdan kiritilganiga izoh berildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf “Oʻzbek tili” darsligiga Murod Nazarov haqidagi matn kiritilgani muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mualliflar jamoasining vakili, Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Nomoz Rasulov mazkur vaziyatga nisbatan tushuntirish berdi.

 

Qayd etilishicha, taʼlim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda oʻzbek tili kommunikativ yondashuv asosida oʻtiladi. Bu yonashuvning asosiy maqsadi oʻquvchilarda til koʻnikmalarini (eshitilgan yoki oʻqilgan matnni tushunish, yozish, gapirish) rivojlantirish hisoblanadi, chunki til koʻnikmalarisiz samarali kommunikatsiyani (muloqotni) taʼminlash imkonsiz.

 

Kommunikativ yondashuvning muhim talablaridan biri – til koʻnikmalarini rivojlantirish uchun topshiriqlarning autentik (oʻrgatilayotgan tilda yaratilgan real manbalar) asosida tuzilishi. OAVdagi xabar va maqolalar, jamoat joylaridagi eʼlonlar, xaritalar, chiptalar – til egalari real vaziyatlarda duch keladigan har qanday manba shunday autentik material vazifasini bajarishi mumkin. Bunday materiallarning oʻquvchi zamoniga, kundalik hayotiga yaqinligi ham kommunikativ til oʻqitishning samarasini taʼminlaydi.

 

Misol uchun, quyida keltirilgan “Think” ingliz tili darsligida (“Think” A2 Studentʼs Book, Cambridge University Press, 2015, p.39) oʻqib tushunish va gapirish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar «Simpsonlar» va boshqa teleseriallar qahramonlari haqidagi matn asosida rivojlantirilgan.

 

Maʼlumot uchun, mazkur darslikdan Prezident maktablarida ingliz tilini oʻqitishda foydalaniladi.) “Prima” nemis tili darsligida esa (Prima A2: Deutsch fur Jugendliche, Cornelsen Schulverlage GmbH) hali hayot boʻlgan sportchilar haqida matndan foydalanilgan.

 

“Murod Nazarov haqidagi matn ham oʻqib tushunish kompetensiyalarini rivojlantirish uchun autentik material sifatida tanlangan. Bunda matnning tili (leksika va grammatikasi) oʻrganilayotgan til darajasi uchun mosligi va darsning kommunikativ mavzusiga mosligi eʼtiborga olingan”,  deyiladi izohda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//