Siyosat
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va shtandartiga (bayrogʻiga) ega boʻladi.
Prezident belgisi va shtandarti (bayrogʻi) tavsifi, ulardan rasmiy foydalanish tartibi Prezident tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maʼlumot oʻrnida:
Shtandart – maxsus turdagi bayroq. Xorijiy davlatlarda u prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. Shtandart (bayroq) Prezident ishtirok etadigan barcha muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamyod qabul qilish) paytida hamda Prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida koʻtariladi.
Prezident belgisi – Prezidentning farqlovchi rasmiy belgisi. Bu belgi Prezidentlik lavozimiga saylangan shaxsni oʻz lavozimiga yuklatilgan ogʻir vazifalarni samarali amalga oshirishida xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qiladi. Prezident belgisi ushbu lavozimga saylangan shaxsga lavozimga kirishish chogʻida u qasamyod qabul qilganidan soʻng topshiriladi va konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagunga qadar Prezidentda saqlanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q