Andijon shahrining sobiq hokimiga nisbatan sud ishi boshlandi

Saqlash
19:41 / 08.09.2022 614 0

Fargʻona viloyat sudida Andijon shahrining sobiq hokimi, prokurori va viloyat va shahar darajasidagi turli vazirlik idoralarning masʼul lavozimlarini egallagan shaxslarga nisbatan sud jarayoni boʻlib oʻtyapti. Bu haqida Oliy sud Matbuot kotibi xabar berdi.

 

Rasmiy maʼlumotga koʻra, sudda sudlanuvchilar:

 

•    B.H. (erkak, 1972-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, Andijon viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi va Andijon shahar hokimi lavozimlarida ishlagan);
•    Q.A. (erkak, 1982-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, Andijon shahar prokurori va Andijon viloyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta yordamchisi lavozimlarida ishlagan);
•    Andijon viloyati Moliya va Xalq taʼlimi boshqarmalari, Andijon shahar Moliya va Xalq taʼlimi boʻlimlarining sobiq rahbarlari va masʼul lavozimlarida ishlagan shaxslar va boshqalarga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boʻlib oʻtmoqda.

 

Jami 44 nafar sudlanuvchining 29 nafari erkak hamda 15 nafari ayol boʻlib, 34 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 10 nafariga esa “garov” va “uy qamogʻi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.

 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar tomonidan 63 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ talon-toroj qilingan va ular Jinoyat kodeksining 167, 168, 207, 209, 210, 28,210, 211, 28,211 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Ushbu jinoyat ishi Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi A. Oʻtayev raisligida hamda sudyalar O. Arabov va Sh. Sherqulovdan iborat tarkibda, birinchi instansiya sudida koʻrilmoqda.

 

Xabarga koʻra, ayni paytda sud tergovi oʻtkazilib, sud jarayoni davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//