Oyina.uz jurnalisti “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovida 1-oʻrinni egalladi

Saqlash
12:09 / 08.09.2022 635 0

“Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovining gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.


Ushbu tanlovda Oyina.uz jurnalisti Inobat Ahatova “Ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatiga olingan veb-saytlar xodimlarining jurnalistik ishlari” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.


Shuningdek, 2-oʻringa Ahmadali Shernazarov, “Xalq soʻzi” gazetasining Sirdaryo viloyati boʻyicha muxbiri — “Xalq soʻzi Online” sayti va muallifning @Ahmadali_Shernazarov “Telegram” kanalida eʼlon qilingan Vatan madhini tarannum etuvchi publitsistik va tanqidiy-tahliliy turkum maqolalari uchun;


3-oʻringa Abduvali Boʻriyev, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ning Navoiy viloyati boʻyicha muxbiri — yurtni ulugʻlovchi, islohotlar keng yoritilgan turkum materiallari uchun sazovor boʻldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish