SHHT sammiti sabab Samarqand va Toshkent oʻrtasida “Afrosiyob” poyezdlari qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
22:25 / 07.09.2022 666 0

Samarqand–Toshkent–Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdlarining qoʻshimcha qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 14–18-sentyabr Samarqand shahrida oʻtkazilishi belgilangan SHHT aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish va yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 767/768-sonli Samarqand–Toshkent–Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakati 12-sentyabrdan 18-sentyabrgacha 7 ta reysga yoʻlga qoʻyiladi.

 

Reyslar quyidagi vaqt oraligʻida harakatlanadi:

 

767-sonli Samarqand–Toshkent yoʻnalishidagi poyezd “Samarqand” vokzalidan soat 11:08 da joʻnab, “Toshkent–Markaziy” vokzaliga soat 13:18 da yetib boradi.

 

768-sonli Toshkent–Samarqand yoʻnalishidagi poyezd “Toshkent–Markaziy” vokzalidan 13:40 da joʻnab, “Samarqand” vokzaliga soat 15:48 da yetib boradi.

 

Chiptalarni nafaqat temir yoʻl kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//