Jamiyat
Joriy yilning 4-sentyabr kuni Zarafshon daryosida meʼyoridan ortiq ifloslangan suv oqizilganligi natijada suvdagi tirik jonzotlar nobud boʻlganligi aytilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining xabariga koʻra “Navoiyazot” AJ tomonidan Zarafshon daryosiga tashlanadigan ifloslangan suvlar tarkibida azot kislotalarining miqdori tavsiya qilinganidan ortib ketganligi natijasida joriy yilning 4-sentyabr kuni Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oʻtuvchi qismida daryoda yashovchi tirik jonzotlar nobud boʻlgan.
Holatni oʻrganish, suv hamda oʻlgan jonzotlardan naʼmunalar olish maqsadida viloyat IIB va tegishli tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilinib, ishchi guruh tuzilgan. Mutaxassislar ishtirokida nobud boʻlgan jonzotlardan hamda Zarafshon daryosiga quyiladigan oqova suvlardan naʼmunalar olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112522
Jamiyat
95185
Jamiyat
91638
Jamiyat
76145
Jamiyat
//
Izoh yo‘q