Jamiyat
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti vaqtida Samarqand shahrida 28 ta avtobus yo‘nalishi va tramvay harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda sammit munosabati bilan viloyat IIBda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tezkor shtab matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, sammit vaqtida 4-, 7-, 15-, 24-, 37-, 74-, 93- va 99-avtobuslar qatnovi harakati cheklangan yo‘llarda yo‘nalishini o‘zgartirgan holda harakatlanishda davom etadi. Harakat cheklanmagan yo‘llarda esa yo‘nalishsiz taksilar harakati to‘siqsiz davom etadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, SHHT sammiti vaqtida Samarqand shahrida masjidlar yopilishi rejalashtirilmagan.
“Sammit o‘tadigan hududga yaqin bo‘lgan hududdagi masjidlarda vaziyat juma ibodati o‘qilmasligini taqozo qilib qolsa, jamoat yaqin atrofdagi masjidga yo‘naltiriladi, bunga tayyorgarlik ko‘rilgan”, – deydi Samarqand viloyati bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrulla Sattorov.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111087
Jamiyat
94521
Jamiyat
90464
Jamiyat
74562
Jamiyat
//
Izoh yo‘q