Jamiyat
Hukumatning 6-sentyabrdagi [498-son] qarori bilan “Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu xaqida Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur nizom davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ularning saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.
Davlat reyestri elektron va bosma koʻrinishda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yuritiladi.
Nizomga koʻra, davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq boʻlib, unga 1950-yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
Shu bilan birga, muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari oʻzlaridagi yozma manbalarga oid maʼlumotlarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.
Yozma manba roʻyxatdan oʻtkazilganda guvohnoma beriladi. Shuningdek, yozma manbalar oʻgʻirlanganda, yoʻqotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q