Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi markaz masʼullari tomonidan Toshkent shahrida 50 nafarga yaqin talaba ijara uylariga joylashtirildi.
Taʼkidlanishicha, ijaraga uy qidirib yurgan talabalarning muammolarini oʻrganish va yaqindan yordam berish maqsadida vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “uy bozori”da boʻldi.
Bunda talabalarning turar joy boʻyicha muammolari oʻrganildi. Natijada Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va yana bir qancha oliy taʼlim muassasalari talabalarining 50 ga yaqini qulay ijara uylariga joylashtirildi.
Shu oʻrinda, ijaraga turar joy izlab yurgan barcha talabalar oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha amaliy yordam berishlarini eslatib oʻtamiz.
Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilganda, @manaviyatedubot orqali murojaat qilishingiz mumkin.
“Alohida qayd etamizki, ushbu tadbirlar talabalar toʻliq turar joy bilan taʼminlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida boʻladi”, – deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q