“Atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz” – Ziroat Mirziyoyeva

Saqlash
16:27 / 07.09.2022 630 0

Zamin fondi BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va milliy hamkorlar koʻmagi ostida “Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati” mavzusida muhokama oʻtkazdi.

 

Fond Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva oʻz kirish soʻzida atrof-muhit holatiga har kim javobgarligini aytib, hamma birgalikda ish olib borishi kerakligini taʼkidladi.

 

“Sayyoramiz kelajagi – hammamizniki, demak, atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz, oʻzimizdan boshlab xususiy sektorgacha, jamoat tashkilotlaridan hukumatlargacha – hammamiz birgalikda ish olib borishimiz shart.

 

Bu borada amallarning katta-kichigi yoʻq, atrof-muhit uchun barcha harakatlar: oʻsimliklarga zarar yetkazmaslik yoki kichik daraxt ekish ham, katta korxonalarda chiqindilarni kamaytirish ham oʻta ahamiyatli”, – dedi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//