Bitta kitob ikki tilda chop etilganiga rasmiy munosabat bildirildi

Saqlash
11:09 / 07.09.2022 493 0

Respublika taʼlim markazi bitta kitob ikki tilda chop etilganiga munosabat bildirdi. Bu haqida Xalq taʼlim vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, muhokamaga sabab boʻlgan darslik taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan (rus, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) maktablar uchun yaratilgan “Oʻzbek tili” darsligi boʻlgan.

 

Shuningdek, darsliklarni rasmiylashtirish tartibiga koʻra, darslik taʼlim qaysi tilda olib borilsa, oʻsha tilda kirish maʼlumotlari beriladi. Shu bois taʼlim olish tili boshqa boʻlgan maktablarda darslikning kirish maʼlumotlari 6 xil tilda yozilishi aytilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqda tarqagan darslikning original maketi rus tilida boʻlganligi sababli, darsliklarni rasmiylashtirish tartibiga koʻra, kirish maʼlumotlari rus tilida berilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oʻzbekistonda maktab darsliklari va mashq daftarlari bepul ijaraga berilishi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara toʻlovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan eʼtirozlar yuzasidan Prezidentga axborot berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish