Jamiyat
Davlat test markazi 6-sentyabr kuni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yakunlanishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, apellatsiya arizalarini qabul qilish “My.dtm.uz” sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va 6-sentyabr arizalarni qabul qilishning soʻnggi kuni hisoblanadi.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim. Apellatsiya arizalarini koʻrib chiqish 2022-yil 7-sentyabr kunidan boshlanadi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
112118
Jamiyat
94801
Jamiyat
90848
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q