
Iqtisod
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 851 mln 458 ming soʻm mablagʻ xayriya sifatida sarflangan. Bu haqida “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan “Vaqf suvlari” loyihasi joriy etilgan. Oʻtgan davr mobaynida homiylar bilan hamkorlikda mamlakatning turli hududlaridagi, olis qishloq va ovullarida toza ichimlik suviga muhtoj boʻlgan aholi uchun artezian quduqlari qazib chiqarish hamda minorali suv inshootlari barpo etish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan:
2020−2021-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 10 ta tumanidagi ichimlik suvi tanqis boʻlgan qishloq va ovullarda jami 100 ta, 2021−2022-yillarda esa Fargʻona viloyatida 1 ta va Qashqadaryo viloyatining Koson, Qamashi va Gʻuzor tumanlarida 5 ta artezian quduqlari va minorali suv inshootlari bunyod etilib mahalliy aholi uchun xayriya sifatida taqdim etilgan.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q