Epidemiolog COVID-19 bilan kasallanish xavfi yuqori boʻlgan joylarni maʼlum qildi

Saqlash
21:03 / 06.09.2022 939 0

COVID-19 odamdan odamga yopiq joyda eng tez yuqadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, epidemiolog Vadim Pokrovskiy maʼlum qildi. Unga koʻra, metro vagonlari va avtobus salonlarida koronavirus yuqtirish xavfi juda yuqori.

 

“Eng xavfli joy jamoat transporti. Gap shundaki, u yerda odamlar koʻp va ular uzoq vaqt davomida bir-biriga yaqin boʻlgan yopiq joyda boʻlishadi”, deb tushuntirdi u.

 

Jamoat transporti ayniqsa tigʻiz vaqtda xavfli boʻladi, deya davom etdi epidemiolog.

 

“Odamlar soniga ham qarash kerak. Kunduzi metroda yoki boshqa jamoat transportida odam unchalik koʻp boʻlmaydi. Agar metro vagonida yoki avtobusda ikki yoki uch kishi boʻlsa, bunga xavf sifatida qarash xato. Ammo tirbandlik vaqtida poyezd yoki avtobusda odamlar koʻpayadi va ular bir joyga toʻplanadi. Bunday joy ancha xavfli boʻlib qoladi”, dedi Vadim Pokrovskiy.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//