Shavkat Mirziyoyev prokurorni haqoratlagan Surxondaryo hokimini ogohlantirdi

Saqlash
18:59 / 06.09.2022 774 0

Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kungi videoselektor yigʻilishida hududlarda yangi maktablar qurilishi mavzusiga alohida toʻxtalib, viloyat hokimlarini tanqid qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Prezident Oʻzbekistonda 290 ta maktab obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetmaganini taʼkidlagan. Bunday kamchilikka yoʻl qoʻygan viloyatlarga esa kelgusi yil maktab boʻyicha pul berilmaydi.

 

«Bugun har bir hokim shoshilmasdan menga aytib beradi: ichki imkoniyat bormi yoki yoʻqmi? Bor boʻlsa, nega xalqimizga xiyonat qilyapsan? Nega borib pulni oʻzlashtirmayapsan? Nega berilgan kreditni qilolmayapsan? Men bugun hammadan soʻrayman.

 

Bugun – 1-sentyabr. 290 ta maktab obyektlari qurilish-taʼmirlash ishlari nihoyasiga yetmagan. Bu nimadan dalolat? Bugungi aytgan kamchiliklar boʻyicha investitsion dasturni tugatamiz. Shu viloyatlarga kelgusi yil maktab boʻyicha pul berilmaydi. Hokim aybdor, deb hammaning oʻzi televizorda chiqadi: ʻShuni bajarmaganimga men aybdormanʻ, deb.

 

Andijon – 25 ta, Buxoro – 24 ta, Jizzax – 12 ta, Qashqadaryo – 32 ta, Navoiy – 8 ta, Namangan – 12 ta, Samarqand – 8 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari tugatilmagan. Surxondaryoda, janob, prokuror bilan gaplashayotgan bir hokim bor – 29 ta maktab. Sen prokuror bilan telefonda gaplashishdan oldin maktablar qurilishini joyiga qoʻyib qoʻy. Charchagan boʻlsang, ishdan olaman seni ham.

 

Toshkent viloyati, janob Mirzayev – 41 ta, Sirdaryo – 6 ta, Fargʻona – 23 ta, Xorazm – 6 ta, Toshkent shahri – 23 ta maktab oxirigacha yetkazilmagan. Bugun kechqurun hamma hokimlar menga xat yozadi, agar bironta gapning tagi boʻlmasa ishdan olaman», – degan yigʻilishda Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//