Jamiyat
Namanganda uch hafta avval choʻkib ketgan 12 yoshli qizchaning jasadi hanuzgacha qidirilmoqda.
Viloyat FVBning maʼlum qilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni Norin tumanidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosida Norin tumani Uchtepa mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashagan 12 yosh qizcha oʻrtoqlari bilan choʻmilish maqsadida borib, choʻmilish vaqtida choʻkib ketgan.

Qizcha choʻkkan kundan buyogʻiga Namangan viloyati FVBning suvda qutqaruv-qidiruv guruhi suv ostida hamda Norin, Toʻraqoʻrgʻon, Pop tumani FVB qutqaruvchilari, Milliy givardiya, Ichki ishlar hodimlari va koʻngilli fuqarolar bilan birgalikda suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.


Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni choʻmilish havzalarida nazoratsiz qoldirmang!
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
111503
Jamiyat
94618
Jamiyat
90593
Jamiyat
75001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q