O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” indikatori bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi

Saqlash
18:03 / 25.10.2021 1111 0

25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov bundan besh yil avval jinoyatdan holi hududga aylangan mahallalar ulushi 13 foizdan oshmagan bo‘lsa, bugungi kunda shunday mahallalar soni 4,5 mingdan ziyodni tashkil etayotganini qayd etdi.

Shu davrda har 100 ming aholiga nisbatan jinoyatlar soni esa qariyb bir yarim baravarga (229 tadan 182 taga) kamaydi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududida eng xavfsiz davlat hisoblanadi.
Bundan tashqari, oila va xotin-qizlar muammolari bo‘yicha ishlashda yaqindan ko‘mak beruvchi 362 nafar ayol inspektor, mahallalarda 1,1 ming nafar inspektor-psixolog va 360 nafar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tizim faoliyatining shaffofligini ta’minlash uchun 21 ta veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda esa 78 ta rasmiy sahifa yuritilishi yo‘lga qo‘yilib, ular orqali har kuni 1,6 milliondan ziyod doimiy foydalanuvchilarga ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Mamlakatimizda xavfsizlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan ham ijobiy baholanmoqda. Xususan, “The world justice project” xalqaro nodavlat agentligi tomonidan 2021 yil uchun berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston “Tartib va xavfsizlik” indikatori bo‘yicha 139 mamlakat ichida 16-o‘rinni, Osiyo qit’asidagi 27 davlat orasida 4-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//