Xorijga chiqish pasportini olish tizimi osonlashtirildi

Saqlash
22:53 / 05.09.2022 656 0

Oʻzbekistonda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda bir qator qulayliklar yaratildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

 

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etildi. Xizmat uchun toʻlovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish mumkin.

 

Bundan tashqari, taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʼlumotnoma qisqartirildi. Xususan, 18−27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilindi.

 

Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

 

Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi. YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

 

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//