Jamiyat
Oʻzbekistonda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tibbiyot xodimlari taʼlim muassasasida ovqatlanishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini nazorat qilib boradi. Taʼlim muassasalarining ovqatlanish xonasiga olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash muddati shartlarni kafolatlovchi hujjatlarga muvofiq kelishi shart.
Ilova qilingan hujjatlarni mahsulot tugaguncha saqlash lozim. Yetkazilayotgan mahsulotlarning sifati nazorat qilish jurnaliga yozib boriladi.
Oziq-ovqatlar sifatini tekshiradigan (brakeraj) komissiya aʼzolari uch kishidan kam boʻlmasigi kerak: tibbiy xodim, oshxona xizmatchisi va taʼlim muassasasining vakili.
Tayyor taomlar faqatgina organoleptik baholanib koʻrilgandan keyingina tarqatiladi.
Porsiyali taomlarning vazni taomnomada koʻrsatilganidek boʻlishi kerak. Ovqat tayyorlash texnologiyasi buzilgan holda, shuningdek, tayyor boʻlmagan holda yoki aniqlangan pazandalik muammolari bartaraf etilmaguncha, ovqat dasturxonga taqdim etilmaydi.
Har kuni ishga kirishishdan oldin tibbiyot mutaxassisi tomonidan taʼlim muassasasi oshxona xodimlarining yara-yiring, qoʻl terisi kasalliklari va tananing ochiq joylari xastaliklari, shungingdek, angina, nafas olish yoʻllari kataral holatlari tekshirilishi lozim.
Ovqatni vitaminlar bilan boyitish tibbiyot xodimining, u yoʻq boʻlgan paytda, biriktirilgan boshqa masʼul shaxsning nazoratidan oʻtkaziladi.
Ovqatni vitaminlashtirish sanasi va vaqti, porsiya sifati, oʻquvchilar soni va sutkalik dozalar hisobiga qarab taqdim etiladigan preparat miqdori, shuningdek, sunʼiy vitaminlashtirilgan taomlar orqali beriladigan vitaminlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tavsiya etilayotgan shaklga muvofiq qayd etib boriladi.
Oziq-ovqatlarga qoʻyiladigan tegishli gigiyenik talablarga binoan tayyor taomlar xavfsizligini tasdiqlash va oziq-ovqat mahsulotlaridagi oziq-ovqat qiymatini (oqsil, yogʻ, uglevod, kaloriyasi, mineral moddalar va vitaminlar) aniqlash, sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q