Jamiyat
Oʻzbekistonda 2023–2024-yillarda 190 gektardan ortiq maydondagi ekologik talablarga javob bermaydigan 29 ta chiqindi poligonlari yopiladi. Bu haqda Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2022-yil 11-avgustdagi «Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, 2023–2024-yillarda qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish boʻyicha manzilli dastur tasdiqlandi.
Ushbu manzilli dastur doirasida Davlat ekologiya qoʻmitasi maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish ishlariga buyurtmachi hisoblanadi.
Xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng miqdorda moliyalashtiriladi.
Rekultivatsiya qilingan hududlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer zaxiralariga qaytariladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda respublika hududida 1 000 ga yer maydoniga yaqin 197 ta maishiy chiqindi poligonlari mavjud boʻlib, ularning faoliyatini 2028-yilgacha toʻxtatish belgilangan.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112311
Jamiyat
94984
Jamiyat
91106
Jamiyat
75871
Jamiyat
//
Izoh yo‘q