Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda, fuqaro “Hyundai SantaFe” rusumli transport vositasi salonidan tanasini chiqarib olgan holda harakatlanayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB munosabat bildirib, yo‘lovchi jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni, haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan A.O. “Hyundai SantaFe” rusumli avtomashinani Shayxontohur tumanida boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobil ichida o‘tirgan yo‘lovchi 1999 yilda tug‘ilgan A.A. yo‘l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismini chiqargan holatda harakatlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110230
Jamiyat
94351
Jamiyat
90231
Jamiyat
73667
Jamiyat
//
Izoh yo‘q