
Siyosat
Ayni damda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida saylov qizg‘in kechmoqda. Institut kursantlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘zlari uchun munosib nomzodga ovoz berishyapti.
– Men saylovda ilk bora ishtirok etmoqdaman. Hozirgina o‘zim uchun munosib deb topgan nomzodga ovoz berdim, - deydi institutning 3-kurs kursanti Usmonov Sobitxon. - Bugungi saylovda ishtirok etishim nafaqat o‘z taqdirimga, balki yurtim taqdiriga daxldor deb bilaman. Mening ovozim ahamiyatga ega ekanligini his qilishning o‘zi katta baxt.
– Saylov va saylov oldi jarayonlarda biz uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi, - deydi 2-kurs kursanti Sotvoldiyeva Hilola - Saylovoldi targ‘ibot tadbirlari, saylov uchastkasidagi ko‘rgazmali vositalar orqali yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Shulardan kelib chiqib, bugun o‘z qarorimni qabul qildim va ovoz berdim.
Jarayon davom etmoqda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q