O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki ma’lumotlari ma’lum qilindi

Saqlash
19:44 / 24.10.2021 894 0

Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy hodisa — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Ayni daqiqalarga qadar partiyalarning nomzod vakillari, vazirlar, hokimlar hamda boshqa hukumat vakillari hamda fuqarolar ovoz berdi. Dastlabki statistikaga ko‘ra, ya’ni soat 11:00 ga qadar yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab 6 669 552 ta saylovchi ovoz bergan.

Muddatidan oldin ovoz berish natijalari haqida, saylov uchastkalarida ovoz berish boshlanganligi, milliy, xorijiy, xalqaro kuzatuvchilar turli hududlarga jarayonlarni kuzatayotganligi va saylovda OAV vakillari ishtiroki to‘g‘risida ma’lumot berish maqsadida 24 oktyabr kuni MSK Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi birinchi saylov uchastkasi 24-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:00 da Yaponiyaning Tokio, Janubiy Koreyaning Seul shaharlarida ochildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi esa AQSHning Nyu-York shahrida Toshkent vaqti bilan 25 oktyabr kuni soat 06:00 da yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, 2021-yil 14-20-oktabr kunlari mamlakatimizda va horijda tashkil etilgan saylov uchastkalarida 421 618 nafar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdi. Jumladan, ularning 301 094 nafari O‘zbekiston hududida ovoz bergan bo‘lsa, 120 524 nafar saylovchi xorijdan ovoz berdi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 20 oktyabr soat 19.00 da to‘xtatildi.

Jarayon davom etmoqda. Oyina.uz ni kuzatib boring.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//