O‘zbekiston qat’iy karantinga kiradimi?

Saqlash
00:59 / 24.10.2021 1031 0

Ma’lumki, Moskva meriyasi 28-oktabrdan 7-noyabrgacha shaharda lokdaun bo‘lishi haqida e’lon qildi. Bu kunlar davomida faqat dorixonalar va birinchi ehtiyoj uchun ishlatiladigan buyumlar sotiladigan do‘konlar ochiq bo‘ladi. Bunday vaziyat O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkinmi?

Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoli haqida fikr bildirdi:

— Bugungi kunda hech qanaqa lokdaun haqida gap bo‘lishi mumkin emas va barcha harakatlar shunga qaratilgan. Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida kasallanish holatlari ko‘tarilgani yurtimizda ham kasallanish darajasi oshishi ehtimolini paydo qiladi. Lekin bizning chegaralarda nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan bo‘lib, yurtimizga 72 soatlik PZR testi topshirilgan holdagina chetdan kirish mumkin. Bordiyu, fuqarolarda test bo‘lmaganda, chegarada ekspress-test topshiriladi.

Lokdaun holatining oldini olishning yana bir yo‘li jamoaviy immunitetni shakllantirishdir. Buning eng samarali usuli ommaviy emlash. Agar biz aholining kamida 60 foizini emlay olsak, jamoaviy immunitetni shakllantirgan bo‘lamiz. Shunda bizga hech qanday lokdaun xavf sola olmaydi. Hozirga kelib, emlanishi lozim bo‘lgan 21 million nafardan oshiq aholining 13 million nafari birinchi doza vaksinalarini olib ulgurdi, — dedi Bahodir Yusupaliyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//