Jamiyat
Shu yil 9-sentyabrdan kuchga kiradigan “Reklama toʻgʻrisida”gi yangi Qonunning 7- bobida Tovarlarning ayrim turlarini reklama qilishning oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz boradi.
Unga koʻra, qonunning 35-moddasida ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar va oziq-ovqat qoʻshimchalarining reklamasi boʻyicha tartiblar belgilandi:
- “ular dori vositalari hisoblanadi” yoki “davolash xossalariga ega” degan taassurot uygʻotilmasligi;
- qoʻllash natijasida odamlar davolanganiga, ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan holatlar misol keltirilmasligi;
- ularni qoʻllagan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorlik izhorini oʻz ichiga olmasligi;
- sogʻlom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;
- biologik faol va oziq-ovqat qoʻshimchalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilgani hamda davlat roʻyxatiga olingani toʻgʻrisidagi faktlarni havolalar qilish, shuningdek, ulardan toʻgʻridan-toʻgʻri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalligi haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;
- voyaga yetmaganlar isteʼmol qilishi taqiqlangan biologik faol qoʻshimchalar reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak.
Ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar va oziq-ovqat qoʻshimchalari reklamasida ularning dori vositasi emasligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish berilishi shart.
Bunday mahsulotlar reklamasi boʻyicha ragʻbatlantiruvchi aksiyalar oʻtkazish ham mumkin emas.
Shuningdek, mazkur Qonunning 36-moddasi bilan esa ona sutining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlangan.
37-moddada esa Energetik ichimliklarning reklamasida, har bir holda, bunday ichimliklarni haddan ziyod isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi ogohlantirish kerakligi keltirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q