Sport
Portugaliya terma jamoasi va An-Nasr futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Oq Uy prezident Donald Tramp bilan uchrashdi va u bilan birga Oq Uyda sayohat qildi.
Ularning uchrashuvi tasvirlangan videorolik Oq Uy matbuot xizmati tomonidan eʻlon qilindi. “Tarixdagi ikki eng buyuk. CR7 x 45/47”, deyiladi postda.
Krishtianu Ronaldu turmush oʻrtogʻi Jorjina Rodriges bilan 18-noyabr kuni Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn Salmonning AQSHga tashrifi sharafiga Oq uyda tashkil etilgan maxsus kechki ovqatda qatnashdi. Portugaliyalik futbol yulduziga Apple direktori Tim Kuk hamda Tesla asoschisi Ilon Mask kabi mashhurlar oʻtirgan tarafdan joy berilgan.
Uchrashuv chogʻida Tramp Ronalduga taklifni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirib, oʻgʻli 19 yoshli Berron futbolchining muxlisi ekanini taʻkidlagan.
“Bilasizmi, mening oʻgʻlim Krishtianu Ronalduning katta fanati. Ronaldu esa shu yerda (qarsaklar). Menimcha, endi ularni tanishtirib qoʻyganim uchun Berron meni koʻproq hurmat qila boshlasa kerak”, deya hazil qilgan Tramp.
U Ronalduni barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi (G.O.A.T.) deb atagan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q