Nyu York shahri meri Oʻzbekistonga keldi

Saqlash
10:42 / 20.11.2025 70 0

Nyu-York meri Erik Adams boshchiligidagi delegatsiya 19-noyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. AQSH delegatsiyasi bilan Savdo-sanoat palatasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Palata matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisining maslahatchisi Umid Safarov, Oʻzbekistonning yetakchi tadbirkorlari hamda bir qator biznes uyushmalari vakillari ishtirok etgan. Uchrashuvda tomonlar oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qoʻshma kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish va ikki hudud oʻrtasidagi biznes aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

 

Anjuman davomida Umid Safarov tomonidan oʻzbekistonlik tadbirkorlarni AQSH kapital bozorlariga tayyorlash maqsadida Nyu York fond birjasi bilan hamkorlik oʻrnatish, Oʻzbekistonda AQSHning yetakchi universitetlari bilan biznes maktabi va akseleratsiya dasturlari yaratish, shuningdek, Toshkentda qoʻshma kasb-hunar kollejini ochish taklif etilgan.

 

Kichik biznes uyushmasi raisi Kamolat Mirzaaliyeva esa Nyu York kichik biznes birlashmasi bilan hamkorlik oʻrnatish va mahalliy mahsulotlarni AQSH bozoriga eksport qilishda koʻmak soʻradi. Tadbirkorlar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Amerika bozoriga yetkazib berishni kengaytirish, biokimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//