Sergey Rachkov: “Maqsadimiz saylov jarayonlarining O‘zbekiston saylov qonunchiligiga qanchalik amal qilishini kuzatib borish va xulosalar berish”

Saqlash
21:44 / 23.10.2021 967 0

Mamlakatimizga Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan, xorij mamlakatlar saylov komissiyalari delegasiyasi siyosiy jarayonlarni kuzatish maqsadida yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Xususan, bugun 23-oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Belarus Respublikasi Milliy Majlisining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Sergey Rachkov va Belarusiya va Rossiya Ittifoqi Parlament Assambleyasi ijrochi kotibining o‘rinbosari Ivanes Vadim Viktorovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro delegasiya vakillari saylov jarayonlari xususida o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdi.

— Mamlakatingizga kelishimiz bilan dastlabki daqiqalardan bizni saylov qonunchiligi va saylov jarayonlari to‘g‘risida kerakli materiallar bilan, qonunchilik bilan tanishtirishdi. Biz MDHning saylovlarni kuzatish metodologiyasi bo‘yicha saylovlarni kuzatib boramiz. Bizning asosiy maqsadimiz saylov jarayonlarining O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga qanchalik amal qilishini kuzatib borish va xulosalar berish. Fuqarolarning siyosiy faolligi, saylov jarayonlariga befarq emasligini mamlakatingizga kelganimizdan his qildik. Bo‘lajak saylovda sizlarga muvaffaqiyat tilaymiz, — deydi Belarus Respublikasi Milliy Majlisining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Sergey Rachkov.

Shuningdek, Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Qo‘chqorovning Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi  o‘rinbosari Sigords Stradinsh bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va Saylov kodeksiga saylov jarayonini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish bo‘yicha o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilgani alohida ta’kidlandi.

 

Uchrashuvlar doirasida Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Konstantin Petrov bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, saylovning fuqarolik jamiyatida tutgan o‘rni, muhim siyosiy kunga tayyorgarlik jarayonlari xususida suhbat olib borildi.

 

— Saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilganini ko‘rdik. O‘zbekistonga kelishimiz bilan mamlakatda amalga oshirilgan islohatlatning samarasini ko‘rdik. Fuqarolar saylovlarda juda faol ekan, ular kelajagi uchun befarq emas. Ertaga saylov yuqori darajada o‘tishini tahmin qilyapmiz, chunki fuqarolar ham siyosiy partiyalar ham, fuqarolik jamiyati ham bu uchun harakat qilishmoqda. O‘tgan 5 yil davomida saylov qonunchiligi takomillashib, nogironligi bor shaxslarning saylov jarayonlarida ishtirok etishida   imkoniyatlar kengaytirilgani, barcha shart-sharoitlar yaratilganligining guvohi bo‘ldik. Saylov uchastkalarida fuqarolarning barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar bor, — deya fikr bildirdi Konstantin Petrov, Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi  o‘rinbosari.

 

Ma’lumot uchun, xalqaro saylov komissiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//