Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, degan edi. Mazkur xitobning reallikka ko‘chgani – keyingi vaqtlarda “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” atamalari lug‘atimizdan mustahkam o‘rin olib hayotimizga hamohanglik kasb etayotgani, yurtimizda yana bir Uyg‘onish jarayoni kechayotganiga har birimiz guvohmiz.
Iqtisod fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, senator Murtazo Rahmatov hamda akademik, biologiya fanlari doktori, professor Bakridin Zaripov hammualliflikda yaratgan “Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” risolasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida boshlangan shiddatli islohotlar, tub o‘zgarishlar haqida so‘z boradi.
Kitobning dastlabki bo‘limlarida ikki Uyg‘onish davriga beshik bo‘lgan zaminimiz dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlarni yetishtirib bergani tarixiy asoslar bilan qalamga olingan. So‘ngra yangi Uyg‘onish davrining alomatlariga alohida urg‘u berilib, uchinchi Renessansga qo‘yilayotgan poydevor aniq dalillar misolida ochib berilgan.
“Yangi O‘zbekiston Uchinchi Renessans ostonasida” risolasi bugun boshlangan islohotlar tezda o‘z mevasini berishi, xalqimizning ertangi hayoti yanada farovon bo‘lishiga ishonchni mustahkamlaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q