Siyosat
Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Omer Kojaman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mexmonlarga O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, saylovchilar, saylov tashkilotchilari hamda siyosiy partiyalarga saylov jarayonida erkin ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidenti saylovi umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillari akkreditasiyadan o‘tkazildi.
Qayd etish joiz, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.
— Kengashimizga O‘zbekistondagi saylovlarni kuzatish taklifini berganingiz uchun juda mamnun bo‘ldik. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar vakillari ham biz bilan birgalikda saylovlarni kuzatib borishadi. Jumladan, Turkiya, Ozorbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan tashkilotimiz a’zolari biz bilan jarayonlarni kuzatmoqda, — Omer Kojaman Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibining o‘rinbosari.
Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Omer Kojaman O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish va saylov jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati uchun minnatdorlik izhor etdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q