Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi yurtimizda bo’lib o’tayotgan muhim siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik bilan tanishdi

Saqlash
20:41 / 22.10.2021 929 0

Bugun 22-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi Ilxam Saputra ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Uchrashuvda saylov kampaniyasi tadbirlari, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari kabi masalalar haqida so‘z yuritildi. 


Shu bilan birga, ayni kunlarda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar yurtimizga tashrif buyurgani va ular ushbu siyosiy jarayonlarga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib borayotganliklari haqida ma’lumot berib o‘tildi.


Qayd etilganidek, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lgan 37 ta davlatda 54 ta stasionar saylov uchastkalari tashkil etilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Jakarta shahridagi Elchixonasida  13-tartib raqamli saylov uchastkasi joylashgan.

 — Tan olishimiz kerakki, biz O‘zbekistonning saylov tizimini o‘rganishdan juda mamnunmiz. Chunki bu Indoneziyaning saylov tizimida dolzarb bo‘lgan muammolarni o‘rganishga, muqobil yechimlarni topishga yordam beradi. Masalan,  Indoneziya orollardan iborat bo‘lib, 34 provensiya va 514 tumani bor. Shubhasiz, har 5 yilda bunday joylashuv bilan Prezident saylovini tashkil etish logistik muammolarni keltirib chiqaradi va biz bu borada O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining tajribasini o‘rganmoqchimiz, — deydi Ilham Saputra, Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi.   — Tan olishimiz kerakki, biz O‘zbekistonning saylov tizimini o‘rganishdan juda mamnunmiz. Chunki bu Indoneziyaning saylov tizimida dolzarb bo‘lgan muammolarni o‘rganishga, muqobil yechimlarni topishga yordam beradi. Masalan,  Indoneziya orollardan iborat bo‘lib, 34 provensiya va 514 tumani bor. Shubhasiz, har 5 yilda bunday joylashuv bilan Prezident saylovini tashkil etish logistik muammolarni keltirib chiqaradi va biz bu borada O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining tajribasini o‘rganmoqchimiz, — deydi Ilham Saputra, Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi.


Ilxam Saputra o‘z so‘zida O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida birinchi marotaba ishtirok etayotganini qayd etar ekan, Markaziy saylov komissiyasiga saylovlarni o‘tkazishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//