Jamiyat
O‘zbekistonda farzand tug‘ilganda beriladigan «suyunchi puli» endi bank plastik kartasiga ham o‘tkazib berilishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovi Xalq banki tomonidan faqat naqd pul shaklida amalga oshirilib kelgan. Bu esa FHDYO bo‘limlarida joylashgan bank kassalari oldida uzundan uzun navbatlarni yuzaga keltirgan.
Ta’kidlanishicha, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimida farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovini (suyunchi puli) ota-onadan birining bank plastik kartasiga ixtiyoriylik asosida o‘tkazib berish imkoniyati yaratilgan. Qayd etilishicha, bunda FHDYO bo‘limining mas’ul xodimi ota yoki onaning xohishiga asosan faol holatda bo‘lgan bank plastik kartasini maxsus belgi orqali tanlaydi va bir martalik to‘lovni bank plastik kartasiga yo‘naltiradi. Shundan so‘ng Xalq banki tomonidan «suyunchi puli» qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Jaxongir
00:10 / 07.10.2023
Nega bizga suyinchi puli tushmadi tugʻruq xonada bizga silarni pilastik kartalarizga tashlap berildi dep aytishti lekin kartamizga tushmagan bizga bankka murojat qiliylar dep etishti bankka murojat qilsak suyinchi puli tashlanmaganini etishti biz endi qayerga murojat qilaylik???