Buxoro “Ark” majmuasidagi eksponatlar sotuvga chiqarilgani rad etildi

Saqlash
09:58 / 22.08.2022 1183 0

2022-yilning 21-avgust kuni telegram kanallarda Buxoro “Ark” majmuasidagi eksponatlar sotuvga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Madaniy meros agentligining maʼlum qilishicha, joriy yilning 21-avgust kuni soat 12:07 da “Antikvariat va numizmatika Uzbekistan” telegram guruhiga Buxoro “Ark” majmuasi kolleksiyasidan 7 dona fotosurat joylashtirilgan, ular ostida hech qanday izoh berilmagan. 

 

Aniqlanishicha, “Ark” Buxoro viloyat oʻlkashunoslik muzeyi ekspozitsiyasidagi 7 ta vitrina eksponatlari suratga olib tashlangan. Muzey xodimlari tomonidan zudlik bilan oʻrganishlar natijasida eksponatlar oʻz joyida ekanligi, ular hech qanday savdoga chiqarilmaganligi maʼlum qilindi. 

 

“Shuningdek, muzey masʼullarining fikricha: ushbu maʼlumotlar sayohatga kelganlar tomonidan joylashtirilgan” – deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//