Jamiyat
Endilikda Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari Tailandda 30 kun vizasiz qolishlari mumkin. Bu haqida “Bangkok Post” xabar bergan.
Qayd etilishicha, Tailand hukumati mamlakat Turizm boshqarmasi va turoperatorlarning xorijiy sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini oshirish boʻyicha taklifini maʼqullagan.
Hukumatning 19-avgustdagi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari Tailandda 15 kun oʻrniga 30 kun qolishi mumkin.
Tailandga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun esa mamlakatda vizasiz qolish muddati 30 kundan 45 kungacha uzaytiriladi.
Qabul qilingan qarorlar qirollik gazetasida eʼlon qilinishi bilanoq, ular rasman kuchga kirgan, deb hisoblash mumkin boʻladi.
Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi maʼlumotlarga hozircha izoh bergani yoʻq.
Amaldagi qoidalarga koʻra, mamlakatga kirish uchun koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikati yoki 72 soatdan kechiktirmay oʻtkazilgan PZR-testini taqdim etish kerak.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q