Ilm-fan
Prezidentning Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan ikki kunlik davlat tashrifi davomida Qirol Abdulaziz universiteti bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etish taklifi muhokama etildi.
Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligining xabar berishicha, universitet delegatsiyasi Toshkentda oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan InnoWeek-2022 innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyurganida, markaz tashkil etish masalasi batafsil muhokama etiladi.
Jahon universitetlaridagi taʼlim sifatlari tahlili bilan shugʻullanuvchi World University Rangkings tashkiloti xulosasiga koʻra, bu yil Arab va Fors koʻrfazi davlatlaridagi oliy oʻquv yurtlari oʻtgan yilga nisbatan ancha yuqori koʻrsatkichlar qayd etdi. Xususan, Saudiya Arabistonining Qirol Abdulaziz nomidagi universiteti Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalari ichida ushbu reytingda liderlik qilayotgan Quddus universitetiga yaqinlashib oldi hamda mintaqada ikkinchi oʻringa koʻtarildi.
Maʼlumot oʻrnida, Qirol Abdulaziz universiteti 1967-yilda Jidda shahrida Red Sea developerlik kompaniyasi tomonidan xususiy universitet sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik, 1974-yilda u davlat universitetiga aylantirildi. 2021-yilda Times Higher Education dunyo universtitetlari reytingida arab universitetlari orasida birinchi oʻrinni egalladi. Universitet dunyoviy taʼlimga yoʻnaltirilgan boʻlib, muhandislik, iqtisod va menejment, huquq, tibbiyot va boshqa fakultetlar mavjud.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109960
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73397
Jamiyat
//
Izoh yo‘q