Siyosat
Prezidentning “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Norma”.
Prezidentning 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son farmoniga muvofiq sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari negizida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha hududiy filiallari tashkil etiladi.
Markazning asosiy vazifalari:
– sohaga AKTni joriy etish va ularni rivojlantirish, abonentlar hamda toʻlovlar hisobining yagona billing tizimi, shu jumladan elektron toʻlov tizimlarini takomillashtirish;
– chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirishda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish xarajatlarini markazlashtirilgan holda qoplash;
– aholini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
– sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, DXSH bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish, investitsiya loyihalari yuzasidan loyiha takliflari va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.
Markaz va uning hududiy filiallari faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
– chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya toʻlovlarining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan miqdoridan qolgan qismi;
– davlat unitar korxonalari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlardan ajratmalar;
– Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
– qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar Markazning maxsus tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisobvaragʻida jamlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
– Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi markaziy apparatining tuzilmasi;
– Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi;
Manzilli dasturlar:
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 11-avgustdan kuchga kirgan.
Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston qariyb $12 mlrdlik kelishuvlarni imzoladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q