Qaysi vazir (hokim) oʻzbek tilida eng ravon gapiradi? Oyina.uz reytingi natijalari

Saqlash
20:24 / 20.10.2021 1530 1

Vazir va hokimlar hukumatning yuzi hisoblanadi, hamisha keng jamoatchilik kuzatuvida boʻladi. Ularning qaysi biri rasmiy va norasmiy tadbirlar, uchrashuvlar chogʻi muloqotda oʻzbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalanadi deb oʻylaysiz? Aholining ayni shu masaladagi fikrini oʻrganish maqsadida Oyina.uz portalining telegram kanalida soʻrovnoma oʻtkazdik. Unda 30 544 (23291 + 7253) nafar ishtirokchi oʻzi maʼqul koʻrgan nomzodga ovoz berdi.

 

Soʻrovnoma bugun, 20-oktyabr soat 11:00 da yakunlandi. Natijalarga kelsak, qaysi vazir oʻzbek tilida eng ravon gapiradi, degan savol ostida ovozlar taqsimoti quyidagicha boʻlgan:

 

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 5 476 ta;

2. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 3 805 ta;

3. Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov 3 327 ta;

4. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov 2 056 ta;

5. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1 871 ta;

6. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 1 314 ta;

7. Qurilish vaziri Botir Zokirov 975 ta;

8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov 804 ta;

9. Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov 789 ta;

10. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 686 ta;

11. Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxan Xudaybergenov 629 ta;

12. Transport vaziri Ilhom Mahkamov 507 ta;

13. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 180 ta;

14. Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev 180 ta;

15. Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev 151 ta;

16. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov 112 ta;

17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov 106 ta;

18. Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov 105 ta;

19. Moliya vaziri Temur Ishmetov 63 ta;

20. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov 61 ta;

21. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov 39 ta;

22. Energetika vaziri Alisher Sultonov 33 ta;

23. Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev 22 ta.

 

Oʻzbek tilida eng ravon gapiradigan hokimni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan soʻrovnomada esa ovozlar soni quyidagicha boʻldi:

 

1. Qobil Tursunov (Navoiy) 2 482 ta;

2. Erkinjon Turdimov (Samarqand) 1 662 ta;

3. Zoyir Mirzayev (Qashqadaryo) 525 ta;

4. Shuhrat Abdurahmonov (Andijon) 412 ta;

5. Toʻra Bobolov (Surxondaryo) 380 ta;

6. Farhod Ermanov (Xorazm) 371 ta;

7. Shavkat Abdurazzaqov (Namangan) 335 ta;

8. Xayrulla Bozorov (Fargʻona) 328 ta;

9. Jahongir Ortiqxoʻjayev (Toshkent sh.) 247 ta;

10. Botir Zaripov (Buxoro) 218 ta;

11. Ergash Soliyev (Jizzax) 122 ta;

12. Gʻofurjon Mirzayev (Sirdaryo) 96 ta;

13. Davron Hidoyatov (Toshkent vil.) 75 ta.

 

Eslatib oʻtamiz: hech bir soʻrovnoma mutlaq haqiqatni aks ettirmaydi, tugal xulosa chiqarishga asos boʻlmaydi.

1 Izoh

Ozoda

12:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum. Ushbu loyiha milliy g'ururimiz o'zbek tilimizni yanada ulug'lab o'tkazilgani hammani e'tiborini tortgani aniq. Sohamiz, Axborot texnologilari va kommunikatsiyani rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov va viloyatimiz hokimi Q. Tursunovlarning egallagan 1-o'rinlari bilan tabriklayman. Qolgan vazirlar va hokimlarimizga kelgusida omad tilayman.

Izoh qoldirish

//