Ilm-fan
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida ilk oʻquv yili boshlandi va shu munosabati bilan OAV xodimlari uchun universitetining taqdimoti, davra suhbati va oʻquv binosi hamda talabalar turar-joyi boʻylab press-tur tashkil etildi.
Universitetda 18-23-oktyabr kunlari tanishtiruv haftaligi oʻtkaziladi. Mazkur hafta davomida talabalarga oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, fan oʻqituvchilari, dars jadvallari, baholash mezoni, universitet tartib-qoidasi, shuningdek “Yangi Oʻzbekiston” taʼlim portali (Intranet) bilan tanishtiriladi.
Maʼlumot oʻrnida, “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 6-sentyabr kuni boʻlib oʻtib, unda saralash bosqichidan muvafaqqiyatli oʻtgan 1213 nafar nomzod ishtirok etdi. Imtihonlarning 1-bosqichi – saralash jarayonlarida jami 6000 dan ortiq talabgorlar roʻyxatdan oʻtgan.
2021-2022 oʻquv yilida mazkur universitetga quyidagi yoʻnalishlarga qabul boʻlib oʻtdi:
- Mexanika muhandisligi;
- Kimyo muhandisligi;
- Dasturiy taʼminot muhandisligi.
Imtihon natijalariga koʻra 200 nafar talaba qabul qilindi.
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti oʻz yoʻnalishida “Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari” reytingida 1-oʻrinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
Siyosat
Sport
Iqtisod
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q