Jahon
Joriy yilning 29-sentabridan 17-oktabriga qadar Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida dunyoning jami 18 ta davlatidan 103 ta jamoa ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Musobaqada mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Kosovo, Gresiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSH, Daniya, Indoneziya, Shveysariya, Litva, Niderlandiya Qurolli Kuchlari razvedka va maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib bordi.
Xalqaro musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin va oltin medallarni mezbon davlat – Buyuk Britaniya jamoasi, 2-o‘rin va kumush medallarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi, 3-o‘rin va bronza medallarni AQSH jamoasi qo'lga kiritdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
109697
Jamiyat
94083
Jamiyat
89862
Jamiyat
73026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q