Madaniyat
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi. Bunga oid qaror shu yil 16-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Qarorga muvofiq, institutning asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangan:
*milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
*milliy estrada yo‘nalishida o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy estrada ijrochiligi namunalarini notaga ko‘chirish;
*milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
*milliy estradaning zamonaviy ijro uslublari namunalarini notaga olish va amaliyotga keng joriy etish, milliy estradaning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
*milliy estradani yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
*estrada yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, bitiruvchilarga esa oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q