Jahon
Sambo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi Gresiyaning Saloniki shahrida o‘tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Birinchi pog‘onadan Rossiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Ukraina vakillariga nasib etdi.
Qayd etish lozimki, o‘zbek sambochilari ilk marotaba jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bungacha sambochilarimizning bunday jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi uchinchi pog‘ona bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sambochilari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, umumiy hisobda 17 ta medalni qo‘lga kiritdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
111556
Jamiyat
94625
Jamiyat
90617
Jamiyat
75060
Jamiyat
//
Izoh yo‘q