Metro bekatlari atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi

Saqlash
15:44 / 18.10.2021 1509 0

 Joriy yilning 16-oktabr kuni “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalari;

2022-yil 1-oktabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi. 

2022-yil 1-yanvardan quyidagi ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi: 

– metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar);

–bekatlar (ular atrofida joylashgan obyektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari);

– poyezdlar harakati jadvali; 

– elektron to‘lov.

2022-yil 1-aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//