Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozimjon Fozilovich Komilov nomzodini taklif etdi. Bu haqida Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari joriy yil 24-avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining oʻrniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.
Prezident koʻrsatgan nomzodlar:
• Janagul Ismaylovna Balkibayeva;
• Askarjon Boyisovich Gafurov;
• Karomatjon Xudaybergenovna Davletova;
• Raxat Aminbayevich Ismaylov;
• Abdumannob Kuziyevich Raximov;
• Akmal Ergashevich Raxmanov.
Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, oʻz vakolatlariga 24-avgust kunidan boshlab kirishadilar.
Shuningdek, davlat rahbari oʻz taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Jahongirovich Islomov nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga koʻrib chiqish uchun Senatga kiritdi.
Avvalroq Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozimjon Fozilovich Komilov lavozimidan ozod etilib, uning oʻrniga Prezident maslahatchisi tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q