Jamiyat
Oʻzbekistonda 1-sentyabrdan “Dori vositalari va tibbiy buyumlar” mahsulot guruhi uchun raqamli markirovkalash tizimini joriy etish boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga muvofiq, dori vositalarini markirovkalash 1-sentyabrdan boshlanadi. Tizimni joriy oshirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va quyidagi guruhlarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekistonda milliy raqamli markirovkalash tizimi mavjud boʻlib, u “Asl Belgisi” deb nomlangan. Tizimning operatori sifatida CRPT Turon masʼuliyati cheklangan jamiyati tanlab olingan.
Markirovka tizimi mahsulotlarning haqiqiy yoki kontrafakt ekanini tekshirish uchun, shuningdek, ishlab chiqaruvching kelgusida mahsulotini kuzatishi uchun kerak boʻladi. Markirovkalash doirasida mahsulot qadogʻiga qoʻyilgan data-matriks kod mobil ilova orqali skanerlanishi mumkin. Xaridor shu orqali oʻzini qiziqtirgan mahsulot haqidagi barcha isteʼmolchi maʼlumotlarini olishi, uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin boʻladi.
Tizim operatori CRPT Turon maʼlumotlariga koʻra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar jarayonni boshlashga tayyorgarlik koʻrmoqda. “Milliy katalog”ga 2 ming 850 dan ortiq dori vositalari nomi kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q