Jamiyat
Bugun Adliya vazirligi “Ezgu amal” jamoat fondi bilan hamkorlikda “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etdi.
Tadbir bugun, 16-oktabr kuni soat 10:00 da so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yish bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar Toshkent tarixi muzeyi hovlisida jam bo‘ldi. Tadbirning badiiy qismini Adliya vaziri Ruslanbek Davletov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda “Ezgu amal” jamoat fondi rahbari Munira Xo‘jaxonovaga aksiya doirasida yig‘ilgan 110 000 000 (bir yuz o‘n million) so‘m pulning sertifikatini topshirdi. Xayriya mablag‘lari kam ta’minlangan oilalarning saraton kasalligiga chalingan bolalari davolanishiga sarflanadi.
Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tilimizning go‘zalligi va uni qanday qilib asrab-avaylab, kelajak avlodga qoldirish haqida gapirdi, hammani bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda kishi e’tiborini jalb qilgan loyihalardan biri, bu Abdulla Avloniy, Mirtemir, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon singari til fidoyilarimizning suratlari va so‘zlari tushirilgan futbolkalar bo‘ldi. Shuningdek, Adiblar xiyobonida sayyor davlat xizmatlari, sayyor qabullar va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilib, odamlarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q