Qoʻqon, Fargʻona va Margʻilon shaharlari kengaytiriladi

Saqlash
15:01 / 09.08.2022 1132 0

Fargʻona viloyatidagi qator tumanlar va uchta shahar chegarasini oʻzgartirish rejalashtirilyapti. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida “Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi Qonunchilik palatasining qarori loyihasida qayd etilgan.  

 

Qaror loyihasi bilan Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari hisobidan Qoʻqon, Margʻilon va Fargʻona shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari oʻzgartirilmagan holda oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda.

 

Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlariga ajratilayotgan yer maydonlarida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Xususan, Fargʻona shahri tarkibiga Fargʻona tumanidan oʻtayotgan yer maydoniga “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi, 80 ta koʻp qavatli uy, maktab, bogʻcha va oilaviy poliklinika qoʻrilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Qoʻqon shahri tarkibiga Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara tumanlaridan oʻtayotgan yer maydonlarida 150 ta koʻp qavatli uylar, biznes markazlari, umumiy oʻrta taʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalari barpo etilishi hamda Margʻilon shahri tarkibiga Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari hisobidan oʻtayotgan yer maydonlarida kichik sanoat zonalarini, 108 ta koʻp qavatli turar joy binolar qurilishi koʻzda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//