Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi va prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-avgust kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida selektor yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda kuni kecha Toshkent shahrida roʻy bergan va aholining keskin noroziligiga sabab boʻlgan daraxtlarning nobud qilinishi masalasi qattiq tanqid ostiga olingan.
“Prezident topshirigʻiga asosan Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov va prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga va prokurori Ulugʻbek Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentning Chilonzor koʻchasini rekonstruksiya qilish jarayonida 7 dona eman daraxtining tomir qismiga shikast yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q