Jahon
Ma’lumki, Jaloliddin Manguberdi tarixini chuqur tadqiq etish va uning yangi sahifalarini ochish borasida 2020-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan edi. Farmoyishda 2021-yil noyabr oyida yurtimizda “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ushbu konferensiyaga tayyorgarlik jarayonida xalqaro ilmiy muassasalar va tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish, Turkiya, Pokiston va boshqa xorijiy mamlakatlarga ilmiy safarlar tashkil qilish kabi vazifalar ham bor edi.
Farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xorazm viloyati hokimligi, “Jaloliddin Manguberdi” fondi ishchi guruhi a’zolari va O‘zbekiston MTRK vakillari joriy yilning 15-17-oktabr kunlari bo‘ladigan simpoziumda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdilar.
Simpoziumda xorijiy mamlakatlarning 50 dan ortiq universitetlaridan 130 ta tarixchi va adabiyotshunos olim ishtirok etmoqda. Unda Silvan hokimi Murat O‘zturk hamda Diyorbakir viloyat hokimi Munir Karalo‘g‘lu ma’ruza qilib, Jaloliddin Manguberdining jasorati va qahramonligini e’tirof etdi. Shuningdek, Jaloliddin Manguberdining qabri deya ta’kidlanayotgan joy obod qilinishi aytib o‘tildi.
Simpozium doirasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori Jumaboy Rahimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, “Jaloliddin Manguberdi” fondi raisi Bekzod Abdirimov, shu bilan birga turkiyalik olimlar Jaloliddin Manguberdi haqida ma’ruza qildilar.
Simpozium davom etmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q